16:56 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22

Koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiyadagi migrantlarga biroz yengillik berildi. 15 martdan 15 iyunga qadar patent toʻlovi toʻxtatib qoʻyildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirus pandemiyasi davrida Rossiyadagi chet elliklar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, xususan, mehnat migrantlariga istisno va imtiyozlar beruvchi yangi qarorni imzoladi.

Farmon bilan 15 martdan 15 iyungacha barcha hujjatlarning amal qilishi muddati toʻxtatib qoʻyiladi.

“Rossiya migrantlari federatsiyasi” rahbari ushbu qarorni oddiy tilda tushuntirib berdi.

“Agar 15 kuni (mart – tahr.) sizning amal qiluvchi registratsiya yoki patentingiz boʻlsa, undan keyingi kun bu 16 iyun. Hisoblashda ular “kesib tashlanadi” (ushbu davr oraligʻi – tahr.), - deya tushuntiradi Vadim Kojenov.

Ushbu davrda patentni toʻlash kerak emas, registratsiyani uzaytirish kerak emas, hech narsasi, jumladan, vizani uzaytirish kerak emas, deydi ekspert.

“Siz 15 mart kuniga qonuniy boʻlgan boʻlishingiz juda muhim. Agar 15 mart holatiga koʻra hujjatlaringiz joyida boʻlgan boʻlsa, siz uchun hech qanday jarima, sanktsiya va muammo boʻlmaydi”, - deya taʼkidladi Vadim Kojenov.

Yana video

Asosiy mavzular