IIB xodimlari Sergelida "konsert" berdi - video

Obuna bo‘lish
Patrul xodimlari Sergelida ikki bolakayni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab estrada qo‘shiqlar ko‘ylab berishdi va butun hovlining olqishiga sazovor bo‘lishdi.

O‘z-o‘zini yakkalash tartibi amalda ekan, huquqni saqlash organlari nafaqat tartib-intizom ni saqlashda, balkim shhar aholisiga ma’naviy ko‘mak berishga ham harakat qilishmoqda.  

Bu safar "kuylovchi patrul" Sergelida konsert berdi. Ko‘p qavatli uylar hovlisiga kelgan IIB xodimlari ushbu uyda yashovchi ikki yosh bolani tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi. Tabrikdan so‘ng patrul xodimlari bir necha ommabop estrada qo‘shiqlarni ham  ijro etishdi. Shundan so‘ng mayoqlar va sirena bilan hovlini tark etishdi. 

Patrul xodimlarining ushbu konserti aholiga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi va ko‘pchillikning olqishiga sazovor bo‘ldi. 

Yangiliklar lentasi
0