12:33 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22

1945 yil 30 aprelda Qizil Armiya askarlari bir kun davom etgan shiddatli jangdan keyin birinchi marta Reyxstag uzra Gʻalaba bayrogʻini koʻtarishdi.

2-darajali Kutuzov ordeni bilan taqdirlangan 150-chi Idritskaya oʻqchi diviziyasi hujum bayrogʻi rasman Gʻalaba bayrogʻi va Sovet Ittifoqining Ulugʻ Vatan urushi gʻalabasining ramzi boʻlib qoldi.

Shundan soʻng, Germaniya parlamenti uchun kurash yana ikki kun davom etdi va 2-may kuni Germaniya qoʻmondonligi taslim boʻlishi bilan yakunlandi.

70 mingdan ortiq nemis askarlari va zobitlari asirga olindi. Shahardan chiqib ketishga uringan fashistlarning ayrim guruhlarini yoʻq qilish 5-may kuni yakunlandi.

Bir milliondan ortiq askar va zobitlar "Berlin egallab olingani uchun" medali bilan taqdirlandi, operatsiyaning 600 dan ortiq ishtirokchilari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi, 13 kishi ikkinchi "Oltin yulduz" ordeni bilan taqdirlandi.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Yana video

Asosiy mavzular