17:21 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Press-slujba prezidenta Uzbekistana

Shavkat Mirziyoyev Sardoba texnogen ofati tufayli nafaqat Oʻzbekiston xalqi balkim qoʻshni Qozogʻiston aholisi ham zarar koʻrganinidan afsusda ekanini aytib oʻtdi.

Sardobadagi ofat tufayli yon qoʻshnimiz Qozogʻiston ham zarar koʻrdi. Biz Qozogʻiston bilan azal azaldan bir daryodan suv ichib, quvonch va sinovli damlarda yelkama-yelka boʻlib yashab kelganmiz. Ushbu texnogen ofat nafaqat aholimizga balkim qoʻshi Qozogʻistonga ham zarar yetkazganidan albatta, afsusdamiz, dedi Mirziyoyev.

Shuningek, Miziyoyev Turkiston viloyati hokimi Umirzoq Shukeyev boshchiligidagi delegatsiya voqea joyida boʻlib, vaziyatni har tomonlama chuqur oʻrganganini va ushbu masalada ikki respublika orasida barcha maʼumotlar ochiqligi ham maʼlum qildi. 

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti 5 may kuni boʻlib oʻtgan selektor majlisida Sardoba fojeasida 4 kishi qurbon boʻlganini va 1 kishi bedarak yoʻqolganini xabar qilgan edi. Shuningdek 90 mingga yaqin aholi yashash joyidan xavfsiz hududlarga koʻchirilganini ham maʼlum qilgan edi. 

 

Yana video

Asosiy mavzular