00:47 31 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sputnik

Sputnik Oʻzbekiston tahririyati fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan "Front yoʻqlamasi" loyihasini davom ettirmoqda. Urush qahramonlari avlodlari ajdodlarining jasoratini esga olishadi.

Oʻzbekiston taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi xodimi Rustam Isoqov otasining qahramona jasoratlari toʻgʻrisida xotiralari bilan oʻrtoqlashdi.

Uning otasi Karimjon Isakov Reyxstagga hujum va uning ustiga Gʻalaba bayrogʻini koʻtarishda ishtirok etgan.

"Mening otam urushdan tirik qaytgani uchun oʻzimni omadli deb hisoblayman. Men qahramon-shaharlarga qilgan safarlarimizni va Buyuk Gʻalabaga erishganlar bilan suhbatlarni hech qachon unutmayman", - dedi u.

U harbiy shon-sharaf haftaligida har doim marshal Chuykov, generallar Telegin, Shatilov (Reyxstagga hujum qilgan boʻlinma komandiri), Lisitsin, shuningdek Reyxstagning hujumi qahramonlari - Mixail Yegorov va Meliton Kantariya bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtganini aytib berdi.

Frontda koʻrsatgan qahramonligi va jasorati uchun Karimjon Isoqov Qahramon unvoni bilan taqdirlangan.

"Otam hujum guruhi tarkibida boʻlgan. Askarlar hujumga oʻtishdi, ular kuchli avtomatlar zarbasiga duch kelgani uchun yon bosishdi. Keyin dovul kabi olovga eʼtibor bermay, u oʻrnidan turib: "Olgʻa, Stalin uchun!", - dedi-da jangchilarni oʻz ortidan olib chiqib birinchi boʻlib transheyagacha yetib bordi", - deydi oʻgʻli.

Karimjon Isoqov guruhi beshta pulemyot nuqtasini egallab oldi, bu bilan batalonning asosiy kuchlarining harakatiga yoʻl ochib berdi.

Bu Isakovning frontda qilgan yagona qahramonlik jasorati emas.

Gʻalaba arafasida u hujumi bilan dushman transheyasini bosib oldi, bu esa bir necha piyodalar vzvodlarining yoʻqotishsiz harakatlanishiga imkon berdi. Shuningdek, u boshqa sovet askarlari bilan birga Kunensdorf aholi yashash punktini qurshab olib, dushmanlarning chekinish yoʻlini kesib tashladi.

Nemislarning mudofaasi va Berlinga hujumi uchun Stalinning buyrugʻi bilan Isoqovga minnatdorchilik bildirildi.

"Front yoʻqlamasi" loyihasi

"Front yoʻqlamasi" – Sputnik matbuot-xizmatlarining Hamdoʻstlik davlatlari uchun anʼanaviy loyihasi.

Uning maqsadi - oilaviy voqealarni buyuk harbiy tarixning bisotiga aylantirish, hamma uchun bir boʻlgan Gʻalabaning bebaho mashaqqati va dunyoni fashizmdan ozod qidib bizga yashash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etgan xalqlarning jasoratini eslatish.

Bu yil ushbu tadbir uchinchi marotaba oʻtkaziladi, ammo Covid-19 pandemiyasi tufayli oʻzgartirishlar kiritildi.

Turli matbuot markazlarini bogʻlaydigan video koʻpriklar boʻlmaydi. Ushbu mamlakatlarning taniqli fuqarolari va davlat arboblari ishtirokida Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari haqida oilaviy voqealarni hikoya qiluvchi videolar namoyish etiladi.

Yana video

Asosiy mavzular