16:14 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Milliy gvardiya, harbiylar va FVV kuchlarining ildamlik bilan amalga oshirgan qutqaruv ishlari tufayli bir hafta ichida xavfsiz hududga koʻchishga majbur boʻlgan oilalarning 80% oʻz uylariga  qaytishga muvaffaq boʻldi.

Birinchi may kuni sodir boʻlgan, Sardobadagi suv ombori toʻgʻoni yorilishi oqibatida bir necha aholi punktlari suv ostida qolgan edi. Shuningdek suv oqimi yoʻlarb koʻpriklar, infratuzilma va aholi turar joylariga shikast yetkazgan edi. 

Shuningdek suv toshqini Qozogʻiston hududiga ham yetib borib uy va ekin dalalariga shikast yetkazgan edi. 

Tabiiy ofatdan bir hafta oʻtib xavfsiz hududga koʻchishga majbur boʻlgan oilalarning 80% oʻz uylariga  qaytishdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, harbiy qoʻshinlar yordamida aholi uylari loy va axlatdan tozalanib oʻz egalariga qayta topshirilmoqda. Yoʻqolgan hujjatlar qayta tiklanmoqda. 

Aholi uylarini yashashga yaroqli holatga keltirish bilan bir vaqtda avtomobil yoʻllari, aloqa tizimlari, elektr taʼminosti va boshqa infraqurilma tizimlari ham tezkorlik bilan tiklanmoqda. Undan tashqari quruvchilar yorilgan toʻgʻonni ham tiklamoqdalar. 

Favquoldda vaziyatdan soʻng Sardobada hayot qanday qaytayotganini Sputnik eksklyuziv videolavhasida tomosha qiling.

 

Mavzu:
“Sardoba” toʻgʻoni yorilishi (55)

Yana video

Asosiy mavzular