13:52 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Sputnik Oʻzbekiston tahririyati fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan "Front yoʻqlamasi" loyihasini davom ettirmoqda.

Urush paytida taniqli oʻzbek jurnalisti va tarjimoni Said-Gʻani Valiyev koʻp bolali ota boʻlganligi sababli u Markaziy qoʻmitadan bron olganiga qaramay frontga koʻngilli boʻlib ketdi. Uning oʻzi frontga - Ulugʻ Vatan urushining eng oʻchogʻiga, Stalingrad yaqiniga yuborilishini soʻradi. 75 yil oʻtgach, qizlaridan biri Dilbar Valiyeva otasini eslaydi.

"Partiya Markaziy Qoʻmitasi unga bron berishiga qaramay, u oʻz ixtiyori bilan urushga borishga qaror qildi. U onamga:" Men frontdan qaytgan odamlarning koʻziga qanday qarayman?", -deb aytgan. "Hudo hoxlasa!" (Yaqinda uchrashamiz!). Ammo bu amalga oshmadi", - deb eslaydi Dilbar Valiyeva.

Uning otasi 1942 yil kuzida Stalingrad janglarida haloq boʻlgan. "Mamayev Kurgan" yodgorlik majmuasi xodimlari Said-Gani Valiyevning nomi shaharni himoya qilgan qahramonlar roʻyxatida qayd etilganligini habar qilishgan. Ammo dafn qilingan joyini aniqlashning iloji yoʻq - juda shavqatsiz janglar boʻlgan, u yerda askarlar butun vzvodlab halok boʻlgan.

Urush qahramoni qizining soʻzlariga koʻra, respublika hukumati ularning besh farzandli oilasiga yordam bergan. Ularning barchasi oliy maʼlumotli boʻlib, oʻz mamlakatiga fan va jurnalistikada turli lavozimlarda xizmat qilishgan.

"Bizning dadamiz doim yodimizda va biz u bilan faxrlanamiz. Xudo hammamizga osoyishtalikni, barcha xalqlar tinch va doʻstona hayot kechirishini nasib qilsin", - deya soʻzini yakunladi Dilbar Valiyeva.

Gʻalaba uchun oʻz jonini fido qilgan Stalingrad himoyachisining tarixini bizning "Front yoʻqlamasi" turkumidagi videoda tomosha qiling.

"Front yoʻqlamasi" loyihasi – Yaqin xorij Sputnik matbuot-xizmatlarining anʼanaviy loyihasidir.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Yana video

Asosiy mavzular