19:01 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Toshkentning Olmazor tumanida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan “Gʻalaba” memorial majmuasi ochildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli 9 may bayramiga bagʻishlangan ommaviy tadbirlarni bekor qilishga toʻgʻri keldi, lekin Gʻalaba bogʻi millionlab kishilar uchun muhim boʻlgan ushbu kunda ochildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Matonat madhiyasi” memoriali poyiga gul qoʻyib veteranlarni ushbu muqaddas bayram bilan tabrikladi.

Gʻalaba bogʻiga Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev ham tashrif buyurdi. Rossiyalik diplomat uchun yangi bogʻ boʻylab ekskursiya uyushtirildi. Tyurdenev majmuani tomosha qilib, Ikkinchi jahon urushi qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi va faxriy mehmonlar kitobida estadil yozuvi qoldirdi.

Gʻalaba bogʻini loyihalarshtirishda Oʻzbekistonga Rossiya va Belarus mutaxassislari yordam bergan. Gʻalaba bogʻi 6ta bosqichga boʻlingan boʻlib u Urushning 6ta bosqichini va oʻzbek xalqining umumiy Gʻalabaga qoʻshgan hissasini aks etadi.

Sizni ham Yangi Gʻalaba bogʻi boʻylab videoekskursiyaga taklif etamiz.  

Yana video

Asosiy mavzular