22:58 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
© Ruptly . Sputnik

Oradan 75 yil oʻtishiga qaramasdan Gʻalaba Kuni dunyoda millionlab kishilar uchun buyuk sana boʻlib qolmoqda. Ayniqsa sobiq Ittifoq respublikalari ushbu kunni alohida qadrlashadi.

Sobiq Ittifoq mamlakatlari oʻz xalqlari qahramonligini unutgani yoʻq. Ikkinchi jahon urushida Gʻalabaning 75 yilligi nishonlanayotgan ushbu yilgi bayram tadbirlariga koronavirus tufayli oʻzgarish kiritishga toʻgʻri keldi. Eng katta tantanalar Moskvada boʻlib oʻtishi kerak edi, lekin ular vaqtincha kechiktirildi.

Rossiya poytaxtida paradning faqat havodagi qismi hamda rasmiy kishilar ishtirokida xotira tadbirlari boʻlib oʻtdi. Aksariyat odamlar uylarida qolishganiga qaramasdan barcha MDH va Boltiqboʻyi davlatalarida ushbu kun bayramona ruhda oʻtdi. Bu qanday boʻlganini videolavhamizda tomosha qiling.

Oradan 75 yil oʻtishiga qaramasdan Gʻalaba Kuni dunyoda millionlab kishilar uchun buyuk sana boʻlib qolmoqda. Ayniqsa sobiq Ittifoq respublikalari Ikkinchi jahon urushini juda yaxshi xotirlashadi.

Ushbu videolavhamizda, boltiqboʻyi va Kavkaz respublikalari, Rossiya, Belarus, Moldova, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonda Gʻalaba kuni qanday kutib olinganini tomosha qiling. 

 

Yana video

Asosiy mavzular