Gruzin ansambli Sevara Nazarxonning xit qo‘shig‘ini o‘zbek tilida kuyladi – video

Obuna bo‘lish
Gruziyaning taniqli “Bravo Metehi” ansambli Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan, vatanim” qo‘shig‘i o‘zbekcha kuylab, internet tarmog‘ida muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

“Bravo Metehi” ansambli tomonidan Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan, vatanim” qo‘shig‘i kuylanishi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan juda iliq qabul qilindi va ular qo‘shiq ijrosiga yuqori baho berishdi.

Sevara Nazarxon ham ushbu ijroni o‘zining Instagram sahifasiga joyladi.

“Gruzinlardan bizning o‘zbek aka-uka va opa-singillarimiz uchun”, - deya yozilgan rolik ostida.

Siz ham o‘sha mashhur xit qo‘shiqni yangicha talqinda tinglab, baho berishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0