22:52 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76

Oʻrdaklar yoʻl osti yoʻlagidan oʻtishni istamagani sababli koʻngilli fuqarolar va "Rosgvardiya" xizmat avtomobili serqatnov yoʻlda harakatni toʻxtatib turishdi.

Moskvada oʻrdaklar oilasi yoʻlni xavfsiz kesib oʻtishi uchun, koʻngilli fuqarolar va politsiya avtomobili katta Leninskiy prospektni toʻsib qoʻyishdi. 

Moskva hovlilaridan birida fuqarolar ikkita katta oʻrdak va bir necha oʻrdakchalardan iborat qushlar oilasini payqab qolishadi. Shundan soʻng koʻngillilar ularni yaqin masofada joylashgan koʻlgacha kuzatib qoʻyishga qaror qilishadi. 

Lekin qushlar yoʻl-harakati qoidalarini bilmagani sababli yoʻl osti yoʻlagidan oʻtishdan qatʼiy bosh tortishadi. Shunda bir fuqarolar hamda Rosgvardiya xizmat avtomobili oʻrdaklar yoʻlini xavfsiz kesib oʻtishi uchun serqatnov yoʻlda avtomobillar harakatini toʻxtatib turishadi. Oʻrdaklar va oʻrdakchalar koʻl tomon yoʻl olishadi. 

Voqea qanday boʻlganini videolavhamizda tomosha qiling. 

 

Yana video

Asosiy mavzular