04:50 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Associated Press / Ruptly / Twitter @TomKout

Chexiya marshal Konev xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlikni Rossiyaga qaytarib berishdan bosh tortdi. Konev armiyasi 1945 yilda Chexiya poytaxtini natsistlardan ozod qilgandi.

Chexiya Mudofaa vazirligi Sovet marshali Ivan Konev xotirasiga qoʻyilgan haykalni Rossiyaga topshirishdan rasman bosh tortdi, uning armiyasi 1945 yilda Pragani natsistlardan ozod qilgandi.

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu chexiyalik hamkasblaridan joriy yil aprel oyida Praga shahar maʼmuriyati tomonidan buzib tashlangan ushbu yodgorlikni qaytarib berishini soʻradi. Biroq, Chexiya mudofaa vaziri Lubomir Metnar bu masala uning idorasi vakolatiga kirmasligini maʼlum qildi.

“Yodgorlik Mudofaa vazirligining mulki emas va uning hududida joylashgan emas. Shu bilan birga, huquqiy normalarga asosan, uni harbiy qabrlar toifasiga kiritish mumkin emas. Yodgorlikni demontaj qilish toʻgʻrisida qaror Praga-6 shahar maʼmuriyati tomonidan qabul qilindi va Mudofaa vazirligi, qonunchilikka binoan, Praga-6 shahar qismiga egalik qilish huquqiga ega emas, shuning uchun uning Rossiyaga topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas”, - dedi Chexiya mudofaa vaziri Lubomir Metnar,

Marshal Ivan Konevning armiyasi 1945 yil mayda Pragani natsistlardan ozod qildi. Sovet qoʻmondoniga minnatdorchilik sifatida 1980 yilda uning sharafiga haykal Chexiya poytaxti aholisi hisobidan qurilgan.

Praga-6 tuman hokimiyati haykalni demontaj qilishga qaror qildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ularning harakatlarini “gʻazabni keltiradigan va surbetona”, deya baholadi.

“Albatta, Marshal Konev haykali borasida Chexiyaning bu majburiyati qoʻpol ravishda buzildi. Bundan tashqari, yaqin vaqtgacha buni bilganmiz, yodgorlik Chexiya Mudofaa vazirligi reyestrida boʻlganini Chexiya tomoni tasdiqlagan. Toʻsatdan u buzib tashlanganida, ular bizga: "Bilasizmi, bu mana shu oqsoqolning mulki" deb aytishdi. Men buni nomaqbul deb bilaman va chexiyalik hamkasblar kelgusi maslahatlashuvlarda juda jiddiy tushuntirish berishga majbur boʻladilar”, - dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.

Chexiya prezidenti Milosh Zeman ham Praga shahar maʼmuriyatining harakatlarini qoraladi. U ularning harakatlarini "ahamiyatsiz siyosatchilar tomonidan qilingan ahmoqlik" deb atadi.

Yana video

Asosiy mavzular