Koronavirusning hidi bormi? Eronda itlar koronavirusni aniqlashga o‘rgatilmoqda

Obuna bo‘lish
Maxsus o‘rgatilgan itlar bir soat ichida 250-300 kishini tekshirib, 65% aniqlik bilan koronavirus tashhisi qo‘yishi mumkin . 

Tehrondagi itlarni mashq qildirish markazi xodimlari insonning to‘rt oyoqli do‘stlari COVID-19ni aniqlashda yordam bera olish imkoniyatini o‘rganishmoqda. Tajribada turli zotdagi itlar ishtirok etmoqda.

Tadqiqotchilar aytishiga qaraganda, inson koronavirusga chalinganda uning tana hidi o‘zgaradi. Odamlar buni sezmasada, itlar yaxshi his qiladi. Kinologlar ayni vaqtda itlar yordamida 65% holatlarda aniq tashhis qo‘yish mumkinligina tasdiqlashmoqda. 

Undan tashqari itlar hozirgi vaqtda samarali COVID-19 test tizimi bo‘lishi mumkin. Bir soat ichida bitta it 250-300 kishini "tekshirib chiqish" imkoniga ega.  

Eron kinologlari tajribasi haqida batafsil videolavhamizda tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0