Milliy gvardiya xodimlari “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ini juda ta’sirli ijro etishdi – video

Obuna bo‘lish
Bugun maktab o‘quvchilari, ayniqsa, maktab qaldirg‘ochlari deb ataluvchi bitiruvchilar uchun o‘zgacha kun. Bugun bitiruvchilar qalbini larzaga solib, “Xayr, maktabim” qo‘shig‘i yangraydigan kun.

Bu yil koronavirus pandemiyasi sababli maktablarda katta shodiyona bilan nishonlanadigan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari onlayn o‘tkazildi. Milliy gvardiya xodimlari bu yilgi maktab bitiruvchilarini xushnud etish va tabriklashga oshiqishdi.

Ular ham sevimli, ham qayg‘uli sanalmish “Xayr, maktabim” qo‘shig‘ini yangicha talqinda bitiruvchilarga arg‘umon etishdi. Ushbu qo‘shiq har bir bitiruvchining ko‘zlarini yoshga to‘ldiradi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmas.

Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqni tinglab, ular iste’dodiga baho bering!

Yangiliklar lentasi
0