Crew Dragon parvozining yorqin kadrlari 2,5 daqiqada – video

Obuna bo‘lish
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi insoniyat tarixida ilk bor fazogirlarni kosmosga uchirdi. Bortida ikkita astronavt bo‘lgan Crew Dragon kemasi 30-may kuni Floridadagi Kennedi kosmik markazidagi maydonchadan muvaffaqiyatli parvoz qildi.

Shu tariqa, tarixda ilk bor odamzod kosmosga xususiy kompaniya tomonidan uchirilmoqda.

2011 yildan buyon NASA astronavtlari Xalqaro kosmik stansiyaga faqat Rossiyaning “Soyuz” kemalarida olib chiqilgan.

Ushbu parvoz dastlab 27-may kuniga mo‘ljallangan edi. Biroq ob-havo noqulay bo‘lgani tufayli parvoz boshqa kunga qoldirilgan edi.

Crew Dragon orbitada taxminan 19 soat bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0