Minneapolisda gubernator qarorgohi oldida yuzlab odamlar to‘plandi – video

Obuna bo‘lish
Mennesota shtati gubernatori Tim Uolsning qarorgohi yonida bir necha yuzlab kishilar to‘planib, norozilik namoyishi o‘tkazishdi.

Namoyishchilar afroamerikalik Jorj Floydning o‘limiga aloqador politsiya xodimlarini hibsga olishni talab qilishmoqda.

Ularning ko‘pchiligi “Adolat yo‘q. Tinchlik yo‘q” va “Men nafas ololmayapman” deb yozilgan plakatlarni ko‘tarib olishgan.

Jorj Floyd Minneapolisda politsiya xodimlari uni qo‘lga olgandan so‘ng vafot etdi. Uning o‘limi butun mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Mana nechadir kunki bu holat davom etib kelmoqda.

Norozilik namoyishlari politsiya xodimlari bilan to‘qnashishgacha olib keldi. Ayrim yirik shaharlarda namoyishchilar do‘konlarga o‘t qo‘yib, talon-tarojlikka qo‘l urdi. AQSh Milliy gvardiyasi tartibsizliklarning oldini olishga safarbar qilingan.

Yangiliklar lentasi
0