AQShdagi tartibsizliklar: Oq uy temir devor bilan o‘rab olindi

Obuna bo‘lish
Afroamerikalik Jorj Floyd o‘ldirilishi ortidan kelib chiqqan tartibsizliklar tufayli Oq uyda qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda.

Kuni kecha prezident Donald Tramp qarorgohi atrofida qo‘shimcha devor o‘rnatildi. Uning balandligi ikki metrdan oshadi. U Lafayet maydoni atrofidagi to‘siqni davom ettirib, namoyishchilarga Oq uyga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuningdek, Vashingtonda AQSh milliy gvardiyasi bilan nazorat kuchaytirildi.

Videoda harbiylar poytaxt ko‘cha va obyektlarini qo‘riqlashi aks etgan.

May oyi oxirida Jorj Floyd Minneapolisda politsiya xodimlari tomonidan ushlanganidan keyin vafot etdi. Uning o‘limi mamlakat ichida va dunyoda katta noroziliklarga sabab bo‘ldi. Amerikaning ko‘plab yirik shaharlarida namoyishlar tartibsizliklar va talon-tarojliklarga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0