Putin Rossiya Kuni tantalarida ishtirok etdi

Obuna bo‘lish
Putin Moskvadagi G‘alaba bog‘ida joylashgan Poklonnaya gora yodgorligi oldida bo‘lib o‘tgan bayram tantanalarida ishtirok etdi. 

Bugun Rossiya Federatsiyasida eng "yosh" lekin eng muhim bayramlardan biri - Rossiya kuni nishonlanmoqda. Ushbu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi G‘alaba bog‘ida joylashgan Poklonnaya gora (Ta’zim tog‘i) yodgorligi oldida bo‘lib o‘tgan bayram tantanalarida ishtirok etdi. 

An’anaga ko‘ra, ushbu kun Kremlda ilm va fan, adabiyot va san’at hamda gumanitar sohalarda erishilgan natijalar uchun yuksak mukofotlar topshiriladi. Lekin bu yil ushbu marosimni 24-iyunga ko‘chirishga qaror qilindi. 

Bugun davlat rahbari faqat Mehnat Qahramonlariga mukofotlarni topshirdi. 

1990 yilda 12-iyun kunm RSFSR davlat suvereniteti deklaratsiyasi qabul qilingan. Ushbu deklaratsiyada RSFSR qonunlariga o‘sha vaqtda har tomonlama zaiflashgan SSSR qonunlaridan ko‘ra ustuvorlik berish belgilangan edi. 2002-yilga qadar ushbu bayram "Deklaratsiya qabul qilingan kun" deb atalgan. Qizig‘i shundaki, ushbu bayram hech qachon "Rossiya mustaqillik kuni" deyilmagan. 

Yangiliklar lentasi
0