10:08 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
© Ruptly

Frantsiyaning Lill shahrida mitingni tarqatish uchun politsiya koʻzdan yosh oqizuvchi gazni qoʻlladi. Namoyishchilar shahar markaziga kirishga urindi.

Huquq-tartibot xodimlari Respublika maydonida toʻplangan yuzlab namoyishchilarni qurshab oldilar va ularning yurishiga yoʻl qoʻymadi. Mitingda keskinlik kuchayganida, politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gazni qoʻllashga majbur boʻldi.

AQShda afroamerikalik Jorj Floydning oʻlimidan soʻng norozilik namoyishlari butun dunyoga tarqaldi. Erkak hibsga olish paytida politsiya xodimining qoʻpol xatti-harakatlari oqibatida vafot etdi.

Floyd Xyustenda onasining qabri oldida dafn etildi. Marosimda bir necha yuz kishi qatnashdi.

Yana video

Asosiy mavzular