Yodda tutmoq uchun: Toshkentda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga sham yoqildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxtida "Bratskaya mogila" yodgorlik majmuasida an’anaviy "Xotira shami" aksiyasi start oldi.

An’anaviy tadbir bu safar dunyoning 47ta mamlakatida bo‘lib o‘tmoqda. Aksiya 21-iyun kuni kechqurun - ko‘plab xalqlar uchun eng dahshatli va qo‘rqinchli sinovga aylangan Ulug‘ Vatan urushi boshlangan sanadan bir kun oldin start oladi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAksiya "Svecha pamati" v memorialnom komplekse "Bratskie mogili" v Tashkente
Yodda tutmoq uchun: Toshkentda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga sham yoqildi - Sputnik O‘zbekiston
Aksiya "Svecha pamati" v memorialnom komplekse "Bratskie mogili" v Tashkente

Birgina Sovet Ittifoqining o‘zi urushning to‘rt yili davomida 27 millionga yaqin fuqarosidan ajralgan.

Tadbir RF O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida G‘alabaning 75-yilligi xalqaro volonterlar komandasi mahalliy bo‘linmasi va Rossotrudnichestvo vakillari tomonidan tashkillashtirildi.

Faollar 21-iyun kuni kechqurun yodgorlik majmuasining markaziy maydonida kichik shamlardan yulduzcha, shuningdek 75-raqami - joriy yilda butun dunyo bo‘ylab nishonlanadigan fashizm ustidan G‘alaba yubileyi ramzi shakllarini hosil qilishdi.

Bundan tashqari, bu voqeaga befarq bo‘lmagan shahar aholisi jigarrang vaboga qarshi kurashda umumiy tinchlik va osoyishtalik uchun jang maydonida jon berganlarni xotirlash uchun sham yoqish maqsadida Volgograd qabristoni hududiga kelishdi.

Koronavirus epidemiyasiga qaramay, aksiya barcha zarur sanitariya meyorlariga muvofiq o‘tkazildi. 22-iyun - xotira va qayg‘u kunida majmua hududiga shuningdek, gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkaziladi.

Ushbu ta’sirchan aksiya qanday start olganini Sputnik O‘zbekiston sujetida tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0