11:37 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Sputnik

Moskvada Ulugʻ Vatan urushining 75 yilligi sharafiga bagʻishlangan parad boʻlib oʻtdi. Bu yil ushbu tantanali yurishda 15 mingga yaqin harbiylar, 200dan ziyod harbiy texnikalar ishtirok etdi.

Bu yil parad 24 iyun kuni boʻlib oʻtdi, axir 1945 yilning aynan shu kunida gʻoliblarning afsonaviy, tarixiy paradi oʻtkazilgan.

Joriy yil mehmonlari – Sobiq Ittifoq mamlakatlari yetakchilari, shuningdek, Rossiya bilan chegaradosh davlatlar rahbarlaridir. Rossiya harbiy qismlari bilan bir qatorda sobiq sovet respublikalari - Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston va Oʻzbekiston harbiylari Qizil maydondan saf tortib oʻtdilar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kirish nutqida butun sovet xalqining natsizm ustidan qozonilgan gʻalabadagi rolini yana bir bir eslatib oʻtdi.

Tantanali marsh Rossiya aviatsiyasining parvozi bilan yakunlandi.

Shundan soʻng, Vladimir Putin chet ellik mehmonlar bilan birgalikda “Nomaʼlum askar” qabriga gulchambar qoʻyib, Ulugʻ Vatan urishida halok boʻlgan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (59)

Yana video

Asosiy mavzular