12:13 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Sputnik

Rossiya va Belarus prezidentlari seshanba kuni Rjev yaqinida memorial ochilishiga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etdilar. Yodgorlik veteranlar tashabbusi bilan xalq mablagʻlariga barpo etildi.

Oʻz chiqishida Putin: sovet xalqining natsizmga qarshi koʻrsatgan qahramonligi yolgʻonlar va soxtalashtirishlar bilan yoʻq qilib yuborilishiga yoʻl qoʻymasligini aytdi.

"Rjev memoriali — umumiy gʻalabamizning yana bir ramzidir, qahramon-askar, xaloskor-askar, gʻolib-askar, Yevropani va butun dunyoni natsizmdan qutqargan askarning buyuk va fidokorona qahramonligi oldida chuqur taʼzim bajo keltirilishi ramzidir. Vaqt bu qahramonlikka oʻz hukmini oʻtkaza olmaydi, u hech qachon unutilishi kerak emas, mumkin emas, ayniqsa, bu jasorat yolgʻon va soxtalashtirishlar bilan chaplanishi kerak emas. Biz bunga yoʻq qoʻymaymiz", - dedi Rossiya yetakchisi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, oʻz navbatida, toki odamlar yodgorliklarni barpo etib, ular yoniga kelar ekan, urush boʻlmasligini taʼkidladi.

"Bugun biz orasida Sovet Ittifoqining barcha xalqlari vakillari boʻlgan jangchilar xotirasiga qoʻyilgan yodgorlikni ochmoqdamiz. Biz bu bilan oʻgʻillik burchini, muqaddas xotira burchini ado etyapmiz. Toki yodgorliklarni yaratar ekanmiz, ularni koʻrishga kelar ekanmiz, biz urush qilmaymiz, bu dahshatli fojiadan nari boʻlamiz. Bunday muqaddas joylarga olib boradigan yoʻlni esdan chiqargan kunimiz, biz, albatta, yana jang qilamiz. Bu yorugʻ ayyom kunlari amalga oshirayotgan harakatlarimiz maʼnosi ham shunda", - dedi Lukashenko.

Sovet soldatiga qoʻyilgan memorial qanday koʻrinishga ega, nega u aynan Tver viloyatining Rjev tumanidagi Xoroshevo qishlogʻida joy olgani va nega marosimdan soʻng Putin va Lukashenko qoraqaragʻaylarni ekishgani haqida - videoda tomosha qiling.

Yana video

Asosiy mavzular