“Tolibon”* yana hujum qilmoqda: Afg‘onistonda bir nechta terakt sodir etildi

Obuna bo‘lish
Afg‘onistonda tinlik o‘rnatish yana xavf ostida. Shu kunlarda jangarilar butun mamlakat bo‘ylab bir nechta teraktlarni amalga oshirishdi.

Kuni kecha Samangan provinsiyasi Aybak shahrida milliy xavfsizlik boshqarmasi oldida kuchli portlash yuz berdi: kamida o‘n kishi vafot etdi, 50 dan ortiq kishi yaralandi. “Tolibon”* radikal harakati  jangarilari terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Samangandagi portlashdan oldin jangarilar Qunduz va Badaxshondagi NO‘Plariga hujum amalga oshirishdi. Undan avval “Tolibon” Nangarhar viloyatida afg‘on xavfsizlik kuchlariga hujum qildi.

Afg‘onistondagi keskinlashuv G‘arb OAVlarida go‘yoki Rossiya va “Tolibon” kelishuvi asosida uyushtirilgan fitna to‘g‘risida chiqqan qator maqolalarga to‘g‘ri keldi. Moskvada bu ma’lumot rad etildi.

Bu haqda batafsil videomiz orqali bilib olishingiz mumkin.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Yangiliklar lentasi
0