Beyrutda vayronkor portlash – fojia joyidan video

Obuna bo‘lish
Kuni kecha Beyrut portida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar soni 78 nafarga yetdi, to‘rt mingdan ziyod inson jarohatlandi. Bedarak yo‘qolganlar bor.

Livan bosh vaziri Xassan Diyab portda olti yil davomida noto‘g‘ri saqlangan 2750 tonna ammiak selitrasini portlash sababi sifatida keltirgan. Fojia tufayli Livanda uch kunlik motam e’lon qilingan.

Mamlakat prezidenti Mishel Aun ikki haftalik favqulodda holat e’lon qilish uchun hukumatdan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishni so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0