Rossiya harbiylari AQSh razvedka-samolyotlarini o‘z vaqtida payqab qolishdi

Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz ustida Su-27 qiruvchilari AQSh razvedka-samolyotlarini to‘xtatib qolish holati aks etgan videoni taqdim etdi.

Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiya chegarasiga yaqinlashayotgan xorijiy razvedka samolyotlarini o‘z vaqtida payqab qolishdi.

To‘xtatib qolish uchun osmonga Su-27 qiruvchilari ko‘tarildi. Qora dengizda ustida Rossiyaning Su-27 qiruvchilari AQSh HHKlariga tegishli bo‘lgan P-8A "Poseydon" razvedka-samolyoti va RC-135 strategik razvedka-samolyotini haydab, Rossiya chegarasi buzilishiga yo‘l qo‘ymadi.

Qiruvchilar AQSh samolyotini butun parvoz davomida xavfsiz masofani saqlagan holda kuzatib borishdi.

Ta’kidlanishicha, Rossiya tomoni "havo maydonlaridan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy amal qilgan".

Yangiliklar lentasi
0