18:27 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
© Sputnik /

Minskda exit poll’ning birinchi natijalari eʼlon qilingandan soʻng oppozitsiya yetakchilari chaqiruviga binoan aholi “ovozlarni sanash jarayonini nazorat qilish uchun” saylov uchastkalariga kelishni boshladi.

9 avgust soat 22da Minsk markazidagi Gʻalaba maydonida OMON va namoyishchilar oʻrtasida toʻqnashuv yuz berdi. Politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun shovqinli granatalar qoʻlladi. Namoyishchilar huquq tartibot organ xodimlari tomon fayer uloqtirishdi.

Ayni vaqtda Minsk markazi namoyishchilardan boʻshab qoldi. Koʻchalarda maxsus texnika, OMON kuchlari qolmoqda. Koʻchalarda qolgan namoyishchilar ushlanmoqda.

Respublika Tergov qoʻmitasi xabar berishicha, tartibsizliklar va zoʻravonlik holatlari boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Tartibsizliklarning tashkilotchilari va ishtirokchilari 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular