20:22 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Ruptly / RFPI / WHO / Dmitriy Kurakin/Press-slujba Minzdrava Rossii

Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyoda birinchi koronavirusga qarshi vaktsina roʻyxatga olinganini eʼlon qildi.

Vaktsina Rossiya Mudofaa vazirligi va Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya tadqiqotlar markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqildi va “Sputnik V” deb nomlandi.

Vaktsina koʻngillilarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtdi. Sinov ishtirokchilari oʻzlarini yaxshi his qilishayotganini aytishdi va emlashdan keyin hech qanday nojoʻya asoratlarni sezishmagan. Tibbiyot xodimlarining soʻzlariga koʻra, barcha koʻngillilarda COVID-19 ga immunitet hosil boʻlgan, vaktsina esa oʻzining xavfsizligini isbotlagan.

Shuningdek, Rossiya vaktsinasiga dunyoning koʻplab mamlakatlari qiziqish bildirdi, hozir uni boshqa davlatlarda sinovdan oʻtkazish va ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkoniyati borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Rossiyada Mudofaa vazirligi va Gamaleya nomidagi markazdan tashqari “Vektor” Novosibirsk DIM va Sankt-Peterburg vaktsinalar va zardoblar MIT vaktsina yaratish bilan shugʻullanmoqda. "Vektor"ning uchta vaktsina

Rossiya vaktsinasi 2 yilgacha immunitetni shakllantirishi mumkin - Vikulov

“Vektor”ning uchta vaktsina prototipi birlamchi sinovlardan oʻtib boʻldi, endi ilmiy markazlarda odamlarda sinovdan oʻtkazilmoqda.

Yana video

Asosiy mavzular