Kayfiyat – jangovar! Toshkentga bir guruh rossiyalik shifokorlar yetib keldi

Obuna bo‘lish
Toshkentga rossiyalik 40 ga yaqin yuqori malakali mutaxassislar yetib kelishdi. Epidemiologlar, virusologlar, endokrinologlar, reanimatologlar, kardiologlar va pulmonologlar 1 oy davomida o‘zbekistonlik hamkasblari bilan pandemiyaga qarshi kurashda ishtirok etishadi.

16 avgust kuni kechqurun Islom Karimov nomidagi aeroportga Moskvadan bortida  bir guruh rossiyalik shifokorlar bor samolyot qo‘ndi. Ularning vazifasi - hamkasblariga koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirishda yordam berish.

Delegatsiya tarkibiga Rossiyadagi etakchi klinikalarning 40 ga yaqin yuqori malakali mutaxassislari kiradi. Shifokorlar orasida epidemiologlar, virusologlar, endokrinologlar, reanimatologlar, kardiologlar va pulmonologlar bor. Bir oy davomida ular pandemiyaga qarshi samarali kurashish uchun o‘zbekistonlik hamkasblari bilan yaqindan hamkorlik qilishadi. Shifokorlar nafaqat Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar Ilmiy-tadqiqot institutida, balki Zangiota tumanida maxsus ochilgan klinikada va respublikaning boshqa mintaqalarida ishlashi rejalashtirilmoqda.

"Biz do‘stlarimiz va hamkasblarimizga bu yoqimsiz va og‘ir vaziyatni yengishga yordam berishimiz juda zarur deb hisobladik, shuning uchun biz shu yerdamiz. Kayfiyatimiz jangovar – ishga kirishishga sabrimiz yetmayapti", - dedi ushbu reys bilan Toshkentga kelgan kardiologlardan biri.

O‘zbekiston poytaxti aeroportida tibbiy desantni qanday kutib olishdi, Sputnik lavhasida tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0