ArMI – 2020: Bugun Alabinoda O‘zbekiston tankchilari musobaqaga kirishadi

Obuna bo‘lish
Bugun, ArMI – 2020 xalqaro armiya o‘yinlariga doirasida Moskva viloyatidagi Alabino tank poligonida musobaqalarning navbatdagi kuni bo‘lib o‘tadi.

Bugun "ArMI-2020" xalqaro harbiy o‘yinlarining eng qiziqarli va yorqin musobaqasi bo‘lgan Tank biatlonining ikkinchi kuni. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston jamoalari ishtirok etadi.

Ayni damda Qirg‘iziston va Rossiya jamoalari chiqishi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston 3ta nishondan 1tasini urdi. Rossiya jamoasi esa 3ta nishondan 3tasini yo‘q qildi.Qozog‘iston jamoasi esa 3ta nishondan 2tasini yakson qildi. Qo‘shimcha snarad yuklangandan keyin esa 3chi nishon ham yo‘q qilindi.  

Armi-2020: Jerebyevka voyenno-sanitarnix slujb v poligone Forij - Sputnik O‘zbekiston
ArMI – 2020 kundaligi: O‘zbekiston tankchilari Alabino poligonida

O‘zbekiston jamoasi birinchi nishonni yakson qildi. Ikkinchi nishon 1700 metr masofada - tegmadi, snarad yetib bormadi. Demak 1 daqiqa qo‘shimcha vaqt beriladi. Uchinchi snarad ham tegmadi. Demak O‘zbekiston jamoasi yana 500 metr jarima masofasini bosib o‘tishi kerak bo‘ladi. O‘zbekiston jamoasining yetakchisi 29 yoshli Hoshimov Muxriddin. 

Granatamotchini imitatsiya qiluvchi ikkinchi nishon pulemotdan yakson qilinishi kerak. Lekin O‘zbekiston jamoasi afsuski bu nishonni ham yo‘q qila olmadi va yana bir 500 metrli jarima masofasini bosib o‘tishga majbur bo‘ladi. 

Har bir mamlakatdan 3tadan jami 3tadan tank ekipaji ishtirok etadi. Bugun O‘zbekistonning birinchi ekipaji 4 o‘rinni egalladi. Shunday qilib bugungi kun ekipajlar quyidagi vaqtlarga erishishdi:  

  • Rossiya 17:50 
  • Qozog‘iston - 23:15 
  • Qirg‘iziston - 27:04
  • O‘zbekiston - 28:43 

O‘zbekiston jamoasini qo‘llab quvvatlash uchun ko‘plab muxlislar Alabino tribunalarida o‘tirishibdi.   

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tankchilar jamoasi Alabino poligoniga bir necha kun oldin yetib kelgan edi. Ushbu vaqat davomida ular musobaqalarda ishtirok etish uchun berilgan tanklar va qurol aslahalarda mashq qilib, ularni meyor darajasiga keltirishgan. 

O‘tgan yilgi ArMI-2019 o‘yinlarida O‘zbekiston tank jamoasining ilk ishtiroki bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda yangi jamoalar ishtirok etayotgan 2-divizionda O‘zbekiston 1 o‘rinni egallagan edi. Bu yilgi musobaqalarda esa O‘zbekiston eng kuchli jamoalar orasida ishtirok etmoqda. 

Ma’lumot uchun Qozog‘iston va Qirg‘iziston jamoalari 2013 va 2015-yillardan buyon ushbu musobaqalarda ishtirok etib kelishmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0