Rossiyalik shifokorlar Namangandagi klinikaga tashrif buyurishdi

Obuna bo‘lish
Tashrif davomida rossiyalik shifokorlarga shifokorlar xonalari jihozlanishini, jonlantirish bo‘limi hamda kasallar yotgan xonalarni ko‘rsatishdi. Shuningdek davolash metodikalari haqida ma’lumot berildi.

Ayni damda tajriba almashish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turgan rossiyalik shifokorlar Namangan shahridagi klinikalardan biriga tashrif buyurishdi. 

Infeksionist shifokor Aydar Zaynulin aytishiga ko‘ra, COVID-19 O‘zbekistonda ham Rossiya va Qozog‘istonda bo‘lgani kabi, kasallik yengil va simptomsiz kechayotgan bemorlar, shuningdek og‘ir bemorlar ham bor.

- Afsuski og‘ir bemorlar soni ham yetarlicha. Bunday bemorlarni samarali davolash uchun individual yondashuv kerak. Yaxshi natijaga erishish uchun virusli pnevmoniya bilan bir vaqtda unga yondosh bo‘lgan surunkali kasalliklarni ham davolash kerak,  deydi rossiyalik shifokor. 

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Namangan viloyatidagi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Botirov fikriga ko‘ra, rossiyalik shifokorlar tajribasi juda foydali bo‘ldi. ko‘plab kasallar mutaxassislar maslahatidan keyin sezilarli darajada tezroq tuzala boshladi. 

Yangiliklar lentasi
0