ArMI-2020: O‘zbekiston Tank biatloni yarim finalida

Obuna bo‘lish
Bugun Alabino poligonida Tank biatloni tanlovining ikkinchi yarim finali bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tankchilari ishtirok etadi. 

Moskva viloyatidagi Alabino poligonida ArMI-2020 Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida tank biatlonining yarim final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston jamoasi ham  finalga chiqish uchun kurashadi. 

Tank biatlonida har bir jamoadan 3ta ekipaj ishtirok etadi. Tankchilar tankni, vertolotni va tankka qarshi otuvchi qurolni imitatsiya qiluvchi nishonlarga o‘q uzishadi. 

Undan tashqari har bir ekipaj, belgilangan tartibda o‘q dorilarni joylashtirish, tankni turli to‘siqlardan haydab o‘tish, tezlikda boshqarish va pulemotdan o‘q uzish kabi mashqlarni bajarishi kerak. 

Eslatib o‘tamiz, dastlabki bosqichlarda individual bahslarda 1 divizion musobaqalarida ilk bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston jamoasi kamtarona natijalar ko‘rsatgan edi. Estafeta bahslarida jamoa muvaffaqiyatli ishtirok etadi deb umild qilamiz. 

Yarim final bahslarini jonli efirda Moskva vaqti bilan soat 11:00 sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0