09:51 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Minoboronы Rossii

Rossiya Mudofaa vazirligi “Tsirkon” gipertovushli raketani sinovdan oʻtkazish jarayoni aks etgan videoni eʼlon qildi. Yangi raketa “Admiral Gorshkov” harbiy kemasidan uchirildi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, raketa uchirish joyidan 450 kilometr uzoqlikda Barents dengizida joylashgan nishonni muvaffaqiyatli yakson qildi. "Tsirkon" eng yuqori 8 Max tezligida bu masofani 5 daqiqadan kamroq vaqt ichida bosib oʻtdi.

Gipertovushli qanotli raketaning sinovlari yakunlanmoqda, 2020 yil oxiri - 2021 yil boshiga qadar qabul qilinadi. Birinchi bosqichda ular Rossiya harbiy dengiz flotining suvosti kemalari bilan jihozlanadi.

Yana video

Asosiy mavzular