06:14 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Rekord oʻlchamdagi qiyma-kabob pishirish uchun 38 kilogram farsh 15 minut vaqt hamda bir necha tajribali oshpaz kerak boʻldi.

Toshkentdagi "Navroʻz" bogʻida boʻlib oʻtgan gastronomik festival doirasida 10 metrli kabob pishirildi. Bu mahalliy miqyosdagi rekord boʻldi. 

10 metrli qiyma-kabob pishirish uchun 38 kilogram farsh va bor-yoʻgʻi  15 minut kutish kerak boʻldi. Kabob hamm atomondan yaxshi pishishi uchun bir necha tajribali oshpazlar diqqat bilan ishlashdi. 

Kabobni pishirish jarayonida Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi raisi va bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov ham ishtirok etdi. 

Tayyor boʻlgan kabob Navroʻz bogʻi mehmonlari orasida tarqatildi. 

Yana video

Asosiy mavzular