06:24 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Poytaxtda 19 oktyabrdan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat transportida yoʻlovchilarning tibbiy niqob va qoʻlqopda boʻlish tartibi joriy etildi.

Oʻzbekiston Transport vazirligi bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, jamoat transportida turli yuqumli mavsumiy infektsiyalar tarqalishining oldini olish va yoʻlovchilar salomatligini asrash maqsadida Toshkent shahar jamoat transporti (avtobus, metro, yoʻnalishli taksi) xizmatidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy niqob bilan birgalikda tibbiy qoʻlqopda boʻlish tartibi joriy etilishini maʼlum qildi.

Joriy yilning 19 oktyabridan eʼtiboran shahar jamoat transportidan foydalanganda yoʻlovchilarning tibbiy niqobda, shuningdek, tibbiy qoʻlqopda boʻlishlari qatʼiyan talab etiladi.

Tashuvchilar tomonidan jamoat transporti yoʻlovchilariga qoʻlqoplar bepul taqdim etiladi.

Yoʻlovchilar metro stantsiyalariga kirishda,  avtobus hamda mikroavtobusga chiqish vaqtida kassa xodimlari, konduktor va haydovchilardan qoʻlqoplarni olishlari mumkin.

Yoʻlovchilar bu tartibga qanday rioya qilishmoqda – batafsil Sputnik videosida.

Yana video

Asosiy mavzular