07:29 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86

Rossiya MiG-31 va Su-35 qiruvchilari Bering dengizi ustida AQSH harbiy-havo kuchlarining strategik bombardimonchilarini toʻxtatib qoldi.

Harbiylar chegaraga yaqinlashayotgan ikkita havo nishonini qayd etishdi. Ularni aniqlash va davlat chegarasi buzilishini oldini olish uchun Sharqiy harbiy okrugning havo hujumidan mudofaa kuchlariga qarashli boʻlgan MiG-31 va Su-35 samolyotlari koʻtarildi.

Rossiya qiruvchilarining ekipajlari havodagi nishonlarni AQSH havo kuchlarining ikkita strategik bombardimonchi B-1V ekanligini aniqladilar va ularni Bering dengizi boʻylab kuzatib borishdi.

Xorijiy samolyotlar ortga burilganda, Rossiya qiruvchilari aerodromga qaytdi.

Yana video

Asosiy mavzular