07:50 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86

AQShda boʻlajak prezident saylovlari oldidan “hissiyotlar junbushga kelgan” bir paytda ekspertlar kim AQShning 46-prezidenti boʻlishini bashorat qilishmoqda. Hayvonlar ham bundan mustasno emas.

Rossiyaning Krasnoyarsk shahridagi hayvonot bogʻida Oq uyning keyingi rahbariga ovoz berish jarayoni boʻlib oʻtdi.

Hayvonlarga boʻlajak AQSH prezidentini tanlash imkoniyati berildi.

Buning uchun yirtqichlar oldiga ikki nomzod – Donald Tramp (respublikachi) va Jo Bayden (demokrat) aks etgan ikkitadan tarvuz keltirishdi. Soʻngra ularning qaysi birini tanlashiga qarab, saylov natijalari borasida bashorat qilindi.

Albatta, bu hazil tariqasida ovoz berish jarayonini oldindan bilishning usuli. 3 noyabr kuni AQShda kim prezident etib saylanishi fuqarolarning saylovda faol ishtirok etishi va nomzodlarning “syurprizlariga” bogʻliq. Shunday ekan oldindan hech narsa deb boʻlmaydi.

Hayvonlarning qanday ovoz berganini videomizda tomosha qiling!

Yana video

Asosiy mavzular