19:27 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Ruptly / Sputnik

Rossiya poytaxtida soʻnggi paytlarda xorijlik ishchilar yetishmayotgani haqidagi xabarlar tez-tez yangramoqda. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab yopilgan chegaralar sabab boʻldi.

Pandemiya davrida Moskva va Podmoskovyeda quruvchilar, oshpazlar va taksichilar yetishmasligi kuzatildi. Rossiyada qolganlarning ayrimlari oʻz kasbini oʻzgartirishiga toʻgʻri keldi.

Kompaniyalar xorijlik ishchilar oʻrnini toʻldirish uchun Rossiyaning boshqa mintaqalaridan ishchi kuchi qidirmoqda. Albatta, migrantlarga qaraganda rossiyaliklarga koʻproq haq toʻlashga toʻgʻri keladi.

Pandemiya davrida kuryerlarning omadi chopdi. Koʻpchilik oʻzini kuryerlikka urdi. Chunki karantinda buyurtmalar soni oshib, ular koʻproq pul ishlab olishlari mumkin.

Ammo migrantlarning oʻrnini toʻliq rossiyaliklar egallashlari mumkinligi haqida gapirishga erta, chunki yopilgan chegaralar bir kun kelib ochiladi va xorijlik ishchilarning Rossiya sari otlanishi istisno qilinmaydi.

Yana video

Asosiy mavzular