Xitoyda 77 yoshli qariya turnikdagi truklari bilan internetni portlatdi – video

Obuna bo‘lish
Pao Shanyuan boshqalardan farqlanuvchi buva. U 77 yoshda bo‘lsa ham turnikda mashq bajarishda ko‘plab yoshlarni dog‘da qoldiradi.

U turnikda ketma-ket o‘n martalab aylanishi mumkin. Mashq qilishni pensiyaga chiqqandan keyin boshlagan. Shanyuan sobiq harbiy xizmatchi, Xitoy qurolli kuchlarida xizmat qilgan.

Hozir u sog‘lom turmush tarzini o‘ziga shior qilib olib, o‘z muvaffaqiyatlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishadi. Pensioner mashg‘ulotlarini suratga olib, internetga joylaydi. Uning roliklari internet foydalanuvchilarining e’tiboriga tushgan. 260 ming obunachi uni kuzatib boradi.

U yoshlarga o‘rnak bo‘lib, sport bilan shug‘ullanishning erta-kechi yo‘qlinini yana bir bor isbotlaydi.

Yangiliklar lentasi
0