14:28 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Uchqoʻrgʻondagi karting trassasi uzunligi bir kilometrdan ortiq boʻlib, u xalqaro talablarga javob beradi.

Namangandagi Uchqoʻrgʻon karting trassasida Oʻzbekiston karting chempionati ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzakov ishtirok etdi.  

Oʻzbekiston chempionatining dastlabki musobaqasida 150 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. Sportchilar Toshkent, Qoraqalpogʻiston va boshqa hududlardan kelishgan. 

Uchqoʻrgʻon tuman "Vatanparvar" oʻquv-sport klubi yaqinda yangi zamonaviy karting trassasini qayta taʼmirdan chiqargan edi. Ushbu trassa uzunligi 1 kilometrdan uzun boʻlib, u barcha xalqaro talablarga javob beradi. 

Kartodrom maydoni 2 gektar boʻlib u yerda jamoalar va tibbiy personal uchun xonalar, kiyinish xonalari hamda ustaxona bor. 

Batafsil Sputnik videosida tomosha qiling. 

Yana video

Asosiy mavzular