16:33 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
© Sputnik

Oʻt oʻchiruvchilar vaqtida yetib kelib olovni oʻchirishgan, lekin fojea sodir boʻlgan joyda 4 nafar kishining jasadi topilgan.

Bugun tongda Samara shahridagi Proizvodstvennaya koʻchasida joylashgan 3 qavatli uyda kuchli yongʻin sodir boʻldi. 

Maʼlum boʻlishicha yongʻin binoning 3-qavatida sodir boʻlgan. Oʻt oʻchiruvchilar oʻz vaqtida yetib kelgan va olovni oʻchirishgan. Foje sodir boʻlgan joyda 4 nafar kishining jasadlari topilgan. Yana 4 kishi turli jarohatlar olgan. 

Xabarda aytilishiga koʻra, binoning ikki qavati yonmaydigan qurilish materiallaridan qurilgan uchinchi qavati esa yogʻochdan mansarda shaklida qurilgan boʻlgan. Birinchi qavatda avtomobillarni yuvish joyi va ustaxona boʻlgan. Uchinchi qavat esa - migrantlar yotoqxonasi boʻlgan. 

Dastlabki xulosalarga koʻra, yotoqxona noqonuniy faoliyat yuritgan va uning qurilishida yongʻin xavfsizligiga amal qilinmagan. Yongʻin sabablaridan biri - qisqa tutashuv boʻlishi mumkin, chunki oʻt oʻchiruvchilar u yerda xavfsizlik qoidalariga zid ulangan elektr simlarini topishgan. Shuningdek guvohlar yongʻin elektr shitdan boshlanganini xabar qilishgan. 

Ayni damda Samara qiloyati Tergov qoʻmitasi ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv oʻtkazmoqda. Qurbon boʻlgan shaxslar fuqaroligi aniqlanmoqda.

Yana video

Asosiy mavzular