15:17 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sputnik

Sport tadbiri 8 noyabrda nishonlanadigan Xalqaro pianinochilar kuniga bagʻishlandi. Bir necha zabardast yigitlar ogʻirligi 250 kg boʻlgan pianinoni koʻtarib yugurishdi.

Tadbir tashkilotchisi va musiqa asboblari doʻkoni egasi Ivan Manko Sputnik’ga poyga haqida soʻzlab berdi.

"Bu dunyodagi birinchi pianino poygasi – internetni koʻrdik, ilgari shunga oʻxshash narsa boʻlmagan. Biz ikkita havaskor jamoani tuzdik: sportchilar va musiqachilar. Hamma zavq bilan yugurdi, ammo ayrimlarning mushaklari ozgina jarohatlandi. Hammasi - 50 kishiga yaqin", - dedi Ivan.

Pianinoning vazni taxminan 250 kilo, sportchilar 10 kishilik jamoalarga boʻlingan holda pianino bilan 440 metrga yugurishdi. Masofani 3 daqiqa 52 soniyada bosib oʻtgan jamoa gʻalaba qozondi - bu eng yaxshi natija.

Yana video

Asosiy mavzular