14:37 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
RT

Rossiyaning 1960 nafar askar, 90 ta bronetransporter va 380ta avtomobillar va boshqa texnikadan iborat tinchlikparvar kuchlari Togʻli Qorabogʻga yetib keldi.

Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon kelishuviga koʻra, bugun 10 ta Il-76 harbiy samolyot yordamida Rossiya tinchlikparvar kuchlari Togʻli Qorabogʻga yetib keldi. Rossiya harbiylarining Togʻli Qorabogʻga yetib kelish kadrlarini RIA Novosti tarqatdi. 

Eslatib oʻtamiz, bir kun oldin 3 davlat rahbariyati 10 noyabr soat 00:00 dan boshlab Togʻli Qorabogʻ hududida barcha jangovar harakatlarni toʻxtatishga kelishib olishgan edi.

Shuningdek, shartnomaga muvofiq Armaniston 15 noyabrga qadar Ozarbayjonga Kelbajar tumanini, ushbu yilning 1 dekabriga qadar - Lachin tumanini qaytarib berishi kerak. Shu bilan bir vaqtda kengligi 5 km boʻlgan Lachin koridori Armaniston ixtiyorida qoladi. Ushbu koridor orqali Togʻli Qorabogʻ bilan aloqa bogʻlanib turiladi. Bu koridor Shusha shahri orqali oʻtmaydi. 

Rossiya tinchlikparvar kuchlari Togʻli Qorabogʻda 5 yil muddatga qoladi, keyinchalik ushbu muddat uzaytirilishi mumkin. Ushbu shartnoma Boku va Yerevan talabiga binoan bekor qilinishi mumkin.

Yana video

Asosiy mavzular