16:08 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38

Rossiya Federatsiyasi muxolifatchi Aleksey Navalniy bilan bogʻliq vaziyat tufayli Germaniya va Frantsiyaga qarshi sanktsiyalarni qoʻlladi

Yangi cheklovlar ikkala davlat yetakchilari apparatlarining rahbar xodimlariga bevosita taʼsir qiladi. Bu haqda RF tIV rahbari Sergey Lavrov maʼlum qildi.

Uning aytishicha, Navalniy bilan bogʻliq voqeada Berlin qarori bilan bogʻliq boʻlgan "jiddiy notushunmovchilik uchun asos bor". Bular xalqaro majburiyatlarga muvofiq kelmaydi.

Eslatib oʻtamiz. YEI olti nafar rossiyalik va bitta muassasa - davlat organik kimyo va texnologiya ilmiy-tadqiqot institutiga qarshi iqtisodiy cheklovlarni kiritgan edi.

Bularning boisi goʻyoki Navalniyning zaharlanishi bilan bogʻliq.

Nemis hukumati taʼkidiga koʻra, muxolifatchini "Novichok" guruhiga mansub boʻlgan zaharli substantsiya bilan zaharlashgan, ammo shu bilan birga ular bu taʼkidni isbotlash uchun birorta dalil taqdim etishmagan.

Moskvada ushbu ayblovlar rad etib kelinmoqda.

Yana video

Asosiy mavzular