16:00 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86

Rossiya Qurolli kuchlarining 15-tinchlikparvar brigadasi Armaniston orqali Togʻli Qorabogʻ mojarosi hududiga yoʻnaltirildi.

Rossiya tinchlikparvar kuchlari An-124 va Il-76 samolyotlarida Yerevan aerodromlariga olib kelindi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi. 

"Rossiya Havo-kosmik kuchlarining 2ta An-124 "Ruslan" hamda 18ta Il-76 samolyotlari Yerevan aeroportiga rossiyalik tinchlikparvar kuchlarni olib keldi. Ular Togʻli-Qorabogʻ mojaro hududidagi tinchlikparvar operatsiyada ishtirok etish uchun yoʻnaltirilgan. Samolyotlar Yerevan aerodromlariga qoʻnishdi va rossiyalik harbiylar qurol-aslahalarni samolyotlardan tushirishdi", - deyilgan xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi 3 kun ichida Rossiya Togʻli-Qorabogʻ hududiga ham 58 ta harbiy texnika 1960 nafar askarlar, 90 ta bronetransporter, 380 ta harbiy avtomobil va boshqa maxsus texnika yetkazib berdi. 

Rossiya harbiy kontingentining asosini markaziy harbiy qoʻmondonlik tarkibiga kiruvchi 15-alohida tinchlikparvar moto-oʻqchi brigada tashkil qiladi. 

Yana video

Asosiy mavzular