14:32 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

Bu yil "Total diktant" tanlovida Toshkentdan 155 kishi ishtirok etgan edi. Ulardan 5 kishi "aʼlo" baho olgan.

Yakshanba kuni Toshkentda "Total diktant - 2020" rusti tilidan diktant yozish boʻyicha tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. 

Bu yil "Total diktant" Toshkentda 4ta maydonchada boʻlib oʻtdi, unda 155 kishi ishtirok etdi, ulardan 5 kishi "aʼlo" baho olgan. yana bir diktantda faqat punktual xato topilgan. 

Andrey Gerasimov qalamiga mansub, ushbu tanlov uchun maxsus yozilgan diktant mantnini Toshkentdagi Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filialida Oʻzbekiston da xizmat koʻrsatgan artist Rustam Sagdullayev oʻqigan edi. 

Rustam Sagdullayev kecha Oʻzbekistondagi Rus pravoslav cherkovi yeparxiyasida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi. Marosimda shuningdek Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasi mitropoliti Vikentiy ham ishtirok etdi.

Gʻoliblarga diplomlar va taniqli publitsist Fozil Irzabekovning kitobi sovgʻa qilindi. 

Yana video

Asosiy mavzular