16:05 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86

Yevrokomissiya rahbari Yevropa kompaniyasi ishlab chiqargan vaktsina sotib olinishini alohida urgʻu berib aytdi. Rossiya vaktsinasi sotib olishga qaror qilgan Vengriyaga esa qattiq sanktsiyalar bilan poʻpisa qilinmoqda.

Janubiy Koreya, Hindiston, Qozogʻiston, Belarus, Xitoy, Vengriya, Isroil va yana bir necha davlatlar Rossiyada ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaktsinasini sotib olishga va oʻz mamlakatida ishlab chiqarishga ham tayyor. Yevropa Ittifoqi boʻlsa - bunga mutlaq qarshi. Bunga sabab nima?

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayn aytishiga qaraganda Yevropa davlatlari birinchi navbatda yevropalik vaktsina ishlab chiqariuvchilari tomon qarashi kerak. Xususan YEI Pfizer va BionTech kompaniyalari bilan shartnoma imzolagan.

Yevrokommissiya rahbari CureVac kompaniyasi bilan 405 million doza vaktsina yetkazib berishga shartnoma tuzilganini aytib oʻtdi. Ursula fon der Lyayn bu Yevropa kompaniyasi ekaniga alohida urgʻu berdi.

Rossiya vaktsinasi sotib olishga qaror qilgan Vengriyaga esa YEI qattiq sanktsiyalar bilan poʻpisa qilmoqda. Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyartoning fikriga koʻra, vaktsina masalasi haddan ortiq siyosiylashtirilgan.

Yana video

Asosiy mavzular