16:51 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Ruptly / RT / AZTV

Rossiya tinchlikparvar kuchlari Togʻli Qorabogʻdagi Lochin koridorini, shuningdek tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ Respublikasi poytaxti Stepanakertga olib boradigan yoʻlning qismini minalardan toʻliq tozalashdi. Shuningdek, ular Shushi shahri yaqinida kuzatuv punktini tashkil etishdi.

Bu Lochin koridori orqali transport harakatini ochish imkonini berdi. Birinchi avtomashinalar bu yoʻldan oʻtishdi va yaqinda qochoqlar Armanistondan Togʻli Qorabogʻga qaytib kelishni boshlaydilar. Togʻli Qorabogʻdagi vaziyat sentyabr oyi oxirida keskinlashdi.

9 noyabr kuni Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya yetakchilari oʻt otishni toʻxtatish toʻgʻrisida uch tomonlama shartnomani imzoladilar. Hujjatga koʻra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabogʻda joylashdi.

Yana video

Asosiy mavzular