16:01 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
© Sputnik

Shanba kuni Nur-Sultondagi kafelardan birida gaz balloni portlashi sodir boʻldi. Hodisa oqibatida 1 kishi qurbon boʻlgan 33 kishi jabrlangan.

Qozogʻiston poytaxti Nur-Sulton shahridaga kafelardan birida gaz bolloni portladi, deb xabar qilmodqda Sputnik Qozogʻiston. 

Maʼlum boʻlishicha, portlash shanba kuni Chubarы mikrorayonidagi kafega aylantirilgan kottedjlaridan birida sodir boʻlgan. Portlash haqida favqulodda xizmatlarga soat 12:25 da  xabar berilgan. Hodisa oqibatida 1 kishi qurbon boʻlgan 33 kishi jabrlangan.

Shahar akimi Altay Kulginov voqea sabablarini oʻrganishni va jabrlanganlarga yordam berishni topshirdi. 

"Favqulodda hodisa sabablarini oʻrganish uchun mxsus komissiya tuzilgan. Voqea joyida operativ shtab tashkil etilgan. U yerda mutaxassislar jabrlanganlarga ruhiy yordam koʻrsatmoqda va kerakli maʼlumotlarni bermoqda", - deb yozib qoldirgan Kulginov ijtimoiy tarmoqda.  

Ushbu hodisadan soʻng shahar akimi barcha jamoat oshxonalarini yongʻin xavfsizli choralariga amal qilinayotganini tekshirishni topshirdi. 

 

Yana video

Asosiy mavzular