Rossiya Qozog‘istondagi poligonda yangi raketani sinovdan o‘tkazdi

Obuna bo‘lish
Raketa sinovlari Qozog‘istondagi “Sari-Shagan” poligonida o‘tkazildi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu haqda video lavha taqdim etdi.

"Yangi raketaga qarshi raketa o‘z xususiyatlarini ishonchli tasdiqladi, jangovar ekipaj shartli nishonga belgilangan aniqlik bilan zarba berib, vazifani muvaffaqiyatli bajardi", - deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.

So‘nggi marta oktabr oyining oxirida aynan shu poligonda yangi qurol sinovidan o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. Bungacha, 2019-yilda va 2017-2018 yillarda raketa uchirilgandi.

Yangiliklar lentasi
0