https://cdn1.img.sputniknews-uz.com/images/07e4/0b/18/15470400.jpg
Sputnik Oʻzbekiston
https://cdn2.img.sputniknews-uz.com/i/logo.png
Sputnik
https://cdn2.img.sputniknews-uz.com/i/logo.png
https://oz.sputniknews-uz.com/video/20201127/15490741/Antiterror-Rossiya-va-Tojikiston-arbiylari-birgalikda-mash-tkazishdi-video.html
201-Rossiya harbiy bazasi va Tojikiston Qurolli Kuchlari askarlari Lyaur poligonida navbatdagi mashq oʻtkazdilar. Mashqga 700 ga yaqin harbiy va 100 dan ortiq texnika jalb qilindi.
Motorli miltiqchilar shartli raqib kuchlarining hujumini muvaffaqiyatli qaytardi, "Orlan-10" pilotsiz uchar apparatlari ekipajlari havo razvedkasini olib borishdi va raqib joylashgan koordinatalarini qoʻmondonlik punktiga yetkazib berishdi.
Razvedka maʼlumotlari yordamida MI-24 vertolyotlari va artilleriya raqibga zarba berib, hujumni toʻxtatishdi. Shundan soʻng, rus va tojik harbiylari qarshi hujumni boshladilar va shartli raqibning kuchlarini oʻrab oldilar.